Рассылки

Ф.И.О.:

Email:

Авторизация



Праздники
019_2
Главная

postheadericon Ahil mahalladagi ezgu ishlar

Новости
There are no translations available.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 martda qabul qilingan farmoyishiga muvofiq, mart-aprel oylari yurtimizda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyliklari, deb e’lon qilindi. Ayni kunlarda barcha hududlarda yangi bog‘lar barpo etish, shahar va qishloqlarda uy-joylarni, xiyobonlarni tartibga keltirish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Mehr-muruvvat tadbirlari, qariyalar holidan xabar olish kabi xayrli amallar ko‘lami yanada kengaymoqda.

Last Updated (Monday, 19 March 2012 12:46)

Read more...

 

postheadericon Umumxalq xayriya hashari boshlandi.

Новости
There are no translations available.

Bugun ertalabdan mamlakatimizda qadimiy ana’analarimizdan biri – umumxalq xayriya hashari boshlandi. Xalqimizning hamjihatligi, yurtimizdagi tinchlik, farovonlik, millatlararo totuvlikning ifodasi bo‘lgan ushbu tadbir har bir mehnat jamoasida, qishloq va shaharlarda uyushqoqlik bilan o‘tmoqda.
Erta sahardan hasharga chiqqan yurtdoshlarimiz hududlarni obodonlashtirish, ariq-zovurlarni tozalash, ziyoratgohlar, qadamjolar, xiyobonlar, sayilgohlarni tartibga keltirish, ko‘chat ekib, yangi bog‘lar barpo etishga kirishdilar. Bu tadbir qadimiy va navqiron bayramimiz Navro‘zi olamni munosib kutib olish, mamlakatimizda sanitariya-epidemiologiya muhitini barqaror saqlash, ulg‘ayib kelayotgan avlodni azaliy qadriyatlarimizga ehtirom ruhida kamolga yetkazishda muhim ahamiyatga ega.

Last Updated (Monday, 19 March 2012 12:54)

Read more...

 

postheadericon Hamjihatlik va mehr-oqibat ifodasi

Новости
There are no translations available.

O‘zbekistonda 17-18 mart kunlari bo‘lib o‘tgan umumxalq xayriya hasharida o‘n yetti million nafardan ziyod kishi ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 martdagi farmoyishiga muvofiq, mamlakatimizda mart-aprel oylari obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyliklari deb e’lon qilindi va shuning doirasida 17-18 mart kunlari umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tdi.

Last Updated (Monday, 19 March 2012 13:06)

Read more...

 

postheadericon Oila - ma’naviyat qo‘rg‘oni

Статьи
There are no translations available.

Oila – Vatan ichra mo‘jaz Vatan. Oilani muqaddas bilish va uning mustahkamligi uchun kurashish xalqimizning qon-qoniga singib ketgan yuksak ma’naviy tuyg‘u, hayotiy tutumdir. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan ma’naviyat qo‘rg‘oni bo‘lmish oilani mustahkamlash bugungi kunda barchamizning nainki asosiy vazifamiz, balki insoniy burchimizdir.

Last Updated (Monday, 19 March 2012 11:37)

Read more...

 

postheadericon Tarbiya va ma’naviyat beshigi

Новости
There are no translations available.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mahallalarning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur sharoitlarning yaratilgani yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik, barqarorlikni saqlash, oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etayotir. Bu boradagi ishlar ko‘lami Mustahkam oila yilida yanada kengaymoqda.
O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondi bilan hamkorlikda tashkil etilgan oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy hayotni yuksaltirish, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni yanada keng qaror toptirish, milliy urf-odatlarimizni zararli ta’sirlardan asrab-avaylash borasidagi ustuvor vazifalar mavzuidagi matbuot anjumanida ana shu masalalar xususida atroflicha so‘z yuritildi. Tadbirda jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla oqsoqollari va faollari, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Last Updated (Saturday, 03 March 2012 05:38)

Read more...

 

postheadericon Chegarachilarga – yangi uylar

Новости
There are no translations available.

Poytaxtimizning Olmazor tumanida O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlarining bir guruh harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolariga yangi uylar kalitlari topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini shakllantirish va rivojlantirishning hozirgi bosqichida amalga oshirilayotgan ishlar milliy armiyamizda jangovar tayyorgarlikni oshirish va mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, uning siyosiy hamda iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida yangi, sifatli ko‘rsatkichlarga erishishga qaratilgan. Shu bilan birga, so‘nggi vaqtda davlatimiz tomonidan Qurolli Kuchlarni sotsial jihatdan yanada rivojlantirish, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy muhofaza qilish darajasini oshirish masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda.

Last Updated (Saturday, 03 March 2012 05:45)

Read more...

 

postheadericon Mahalla – jamiyatimiz tayanchi va hayotimiz ko‘zgusi

Конференция фонд «Махалля»
There are no translations available.

Toshkentda 26 dekabr kuni “Mahalla” respublika xayriya jamg‘armasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Anjuman jamg‘armaning 2006-2011 yillardagi faoliyati muhokamasi va Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasidan kelib chiqadigan hamda mamlakatimizda 2012 yilning Mustahkam oila yili deb e’lon qilinishi munosabati bilan jamg‘armaning istiqboldagi ustuvor vazifalariga bag‘ishlandi.

Konferensiyada jamg‘armaning hududiy bo‘lim va bo‘linmalari, fuqarolar yig‘inlaridan saylangan delegatlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirliklar, idoralar va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda vakillari ishtirok etdi.

Konferensiya delegatlari Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gullar qo‘ydi.

Konferensiya ochiq deb e’lon qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangraydi.

Last Updated (Wednesday, 28 December 2011 13:11)

Read more...

 

postheadericon Демократик тамойиллар асосида

Конференция фонд «Махалля»
There are no translations available.

Айни кунларда Ўзбекистон «Маҳалла» хайрия жамғармасининг ҳудудий бўлим ва бўлинмаларида фаолият сарҳисоби ва келгусидаги устувор вазифаларга қаратилган ҳисобот-сайлов конференциялари давом этмоқда.
Хусусан, жамғарманинг Андижон вилояти Шаҳрихон тумани бўлинмаси ҳисобот-сайлов конференциясида ўтган беш йиллик давомида тизимда амалга оширилган ишлар сарҳисоб қилинди.

Last Updated (Wednesday, 30 November 2011 04:30)

Read more...

 

postheadericon Азалий қадриятларнинг юксак ифодаси

User Rating: / 1
PoorBest 
Конференция фонд «Махалля»
There are no translations available.

Муҳтарам Президентимизнинг 2011 йил 31 октябрда эълон қилинган «Қурбон ҳайитини нишонлаш тўғрисида»ги қароридан барчамизнинг кўнглимиз тоғдек кўтарилди. Бу истиқлол берган улуғ неъмат, эзгу қадриятларимизга юксак эътибор шарофати, десам муболаға бўлмайди. Халқимиз учун меҳр-шафқат, саховат ва мурувват, қаноат ва шукроналик рамзи бўлган муборак Рамазон ойи ҳамда икки Ҳайит байрами билан боғлиқ қадриятларни янада улуғлаш мақсадига қаратилган юксак эътиборни, айниқса, маҳалла аҳли чуқур миннатдорлик билан кутиб олди.

Last Updated (Thursday, 17 November 2011 07:27)

Read more...

 

postheadericon Фаолият сарҳисобига бағишланди

Конференция фонд «Махалля»
There are no translations available.

«Маҳалла» хайрия жамғармаси Қорақалпоғистон Республикаси бўлими бошқарувида жорий йилга мўлжалланган жамғарма иш режаси ҳамда «Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик йили» Давлат дастурида белгиланган чора-тадбирларнинг ўтган тўққиз ойдаги ижросига бағишланган Раёсат йиғилиши бўлиб ўтди. Йиғилишда жамғарманинг шаҳар ва туман бўлинмалари мутасаддилари иштирок этишди.

Last Updated (Thursday, 17 November 2011 05:47)

Read more...

 
Календарь
<May 2012>
MoTuWeThFrSaSu
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
Weather